S SMMPanel

Mablag‘ni qaytarish siyosati

Oxirgi yangilanish: 27.09.2026

1. Umumiy qoidalar

Xizmatlar raqamli shaklda ko‘rsatilgani sababli mablag‘ni qaytarish quyidagi qoidalar asosida amalga oshiriladi. Odatiy holatda qaytarilgan mablag‘ Buyurtmachining sayt ichidagi balansiga qaytariladi va keyingi buyurtmalar uchun ishlatilishi mumkin. Buyurtmachining talabiga ko‘ra mablag‘ tashqi to‘lov rekvizitiga ham qaytarilishi mumkin (5-bandga qarang).

2. Qaytarish qanday hollarda amalga oshiriladi

Xizmat sayt aybi bilan noto‘g‘ri ko‘rsatilgan (nosoz) bo‘lsa.

Xizmat to‘lovdan keyin 48 soat ichida yetkazib berilmagan bo‘lsa.

Buyurtma hali boshlanmagan bo‘lsa — to‘liq summa qaytariladi; qisman bajarilgan bo‘lsa — bajarilmagan qism uchun proporsional qaytariladi.

3. Qaytarish amalga oshirilmaydigan hollar

Buyurtma to‘liq va to‘g‘ri bajarilgan bo‘lsa.

Buyurtmachi shunchaki fikridan qaytgani, xizmat yoqmagani va shunga o‘xshash sub’ektiv sabablarga ko‘ra qaytarish va almashtirish ko‘zda tutilmagan.

Buyurtmachi noto‘g‘ri havola, yopiq/maxfiy akkaunt yoki xato ma’lumot kiritgani tufayli xizmat bajarilmagan bo‘lsa.

4. Muddatlar

Buyurtmachi to‘lov qilingan kundan boshlab 14 kun ichida qaytarish uchun ariza berish huquqiga ega.

Ariza qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilingandan boshlab 24 soat ichida ko‘rib chiqiladi.

Ariza ma’qullangan taqdirda, qaytarish haqidagi qaror qabul qilingandan boshlab 72 soat ichida mablag‘ qaytariladi.

5. Qaytarish rekvizitlari

Mablag‘ faqat to‘lov amalga oshirilgan o‘sha rekvizitga (o‘sha karta yoki hisob) qaytariladi. Boshqa rekvizitga qaytarish amalga oshirilmaydi.

6. Qaytarishni qanday so‘rash mumkin

Qaytarish so‘rovini qo‘llab-quvvatlash xizmatiga (support@smmpanel.uz) yoki Telegram orqali yuboring. Buyurtma raqami va sababini ko‘rsating.